"Qizilqum" nazorat o‘yinida "Bunyodkor"dan ustun keldi

  • 23 yanvar, 2019, 00:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Aslida reja bo‘yicha navoiyliklar kecha AGMKga qarshi maydonga chiqishlari lozim edi. Ammo ma’lum sabablarga ko‘ra bu bellashuv o‘tkazilmadi. Shu bois bugun jamoa a’zolari Abramov boshchiligidagi “Bunyodkor”ga qarshi saf tortishdi. Bu haqda Navoiy klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Chig‘atoy” sport bazasi sun’iy qoplamali maydonda kechgan bellashuvning birinchi bo‘limida toshkentliklar hisobda oldinga chiqib olishdi. Ammo ikkinchi bo‘limni katta ustunlik bilan boshlagan navoiylik futbolchilari ikkinchi qirq besh daqiqalikda tezlik bilan hisobni o‘zlarining foydalariga o‘zgartira olishdi.

Dastlab o‘ng qanotdan Sherali Jo‘raevning uzatib bergan to‘pini Alisher Sanoev chamasi 16 metrlar masofadan to‘xtatmasdan darvozaga aniq yo‘lladi-1:1. Oradan hech qancha o‘tmay yana o‘sha qanotdan boshlangan hujumni Sanoev muvaffaqiyatli yakunladi. O‘yin oxirlarida zaxiradan maydonga tushgan Bekzod G‘anijonov “Bunyodkor” himoyachilari va darvozabonini ustalik bilan dog‘da qoldirishning uddasidan chiqdi - 3:1.

“Qizilqum” yig‘in doirasidagi uchinchi nazorat uchrashuvini 24 yanvar kuni JAR stadionida “Paxtakor”ga qarshi o‘tkazadi.

Nazorat uchrashuvi

"Qizilqum" - "Bunyodkor" 3-1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!