"Qo‘qon-1912" - "Navbahor" (1:0) o‘yiniga salkam 13 ming muxlis keldi
Bugun O‘zbekiston Superligasida 4-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Qo‘qon-1912" klubi o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi.
Ushbu o‘yinda mezbonlar 1:0 hisobida raqidan ustun kelishdi.
Qo‘qon klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu o‘yinni tomosha qilish uchun "Markaziy" stadionga 12 278 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Fikrlar