“Qo‘qon-1912” jamoasi “Paxtakor”ga qarshi tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Qo‘qon-1912” jamoasi navbatdagi 9-turda o‘z maydonida Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qiladi. Ushbu bahsga tayyorgarlik  jarayoni qizg‘in davom etmoqda, deb xabar bermoqda qo‘qonliklar matbuot xizmati. 

Murabbiylar shtabi o‘ta ma’suliyatli bahsga futbolchilarni xam ruhiy, ham jismoniy tomonlama tayyorlash uchun bor kuch-g‘ayratlarini ishga solmoqdalar. O‘z navbatida futbolchilarimiz ham o‘z maydonimizda o‘tadigan bahsda muxlislarimizni xursand qilishda davom etishni jiddiy maqsad qilganlar.

Darvozabon Muzaffar Abdullaev hamda Ruslan Melziddinovlar alohida mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Qolgan barcha futbolchilar sog‘-salomatlar va murabbiylar ko‘rsatmalari asosida mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etmoqdalar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!