“Qo‘qon” bugun “Navbahor”ga qarshi o‘ynaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Bugun, 18 yanvar kuni “Qo‘qon-1912” jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.  “Navbahor”ga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yini Qibraydagi stadionda bo‘ladigan bo‘ldi.

Mazkur uchrashuv soat 15:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 3 yanvardan Toshkentda yig‘in boshlagan vakillarimiz shu kunga qadar ikkita nazorat o‘yinida ishtirok etishdi.

8 yanvar kuni “Paxtakor” (1:2), 14 yanvar kuni “Metallurg” (0:0) jamoalarga qarshi kechgan bahslarning birida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak, bitta uchrashuvda hisob ochilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!