Qo‘qonda ham chempionlar munosib kutib olindi (Foto)

  • 30.01.2018 19:15
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatidagi g‘alabasi ,butun o‘zbek halqiga juda katta quvonch olib keldi.

Bugun Qo‘qon shahrida qahramonlar munosib tarzda kutib olindilar. Terma jamoamizning g‘alabasiga Farg‘ona viloyatining 8 nafar farzandi o‘zining munosib hissalarini qo‘shdilar. Qo‘qon shahri va atrof tumanlaridan ko‘plab muxlislar o‘zlari sevgan futbolchilar Akramjon Komilov, Oybek Rustamov hamda Dostonbek Tursunovni kutib olishdi.

 

Kutib olish tadbirlari Farg‘ona viloyatining chegarasidan boshlandi. “Qo‘qon-1912” futbol klubi vitse-prezidenti, bosh direktori Baxtiyorjon Tolipov, futbolchilarning yaqin qarindoshlari hamda “Qo‘qon-1912”ning “Sodiq muxlislar klubi” a’zolari hamda boshqa ko‘plab yurtdoshlarimiz futbolchilarni viloyat chegarasida karnay-surnay sadolari ostida olqishlar bilan kutib oldilar.

Qo‘qon shahar hokimiyatiga qarashli majlislar zalida Osiyo chempionlarining muxlislar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Qo‘qon-1912” futbol klubi bosh direktori B.Tolipov so‘z olib futbolchilarni “Qo‘qon-1912” futbol klubi va barcha Qo‘qonliklar nomidan qizg‘in tabrikladilar.

- Sizlar millionlab futbolsevar o‘zbekistonliklar yuragidan o‘rin oldingiz. Siz ko‘rsatgan jasorat o‘zbek halqining hech kimdan kam emasligidan, o‘zbek yigitlari ko‘p narsalarga qodir ekanligidan dalolat bo‘ldi. Sizlar o‘zbek futbolining haqiqiy qahramonlari bo‘ldingiz. Biz ishonamiz kelajakda sizlar bilan jahon chempionatlarida albatta ishtirok etamiz, – dedi B.Tolipov.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!