Qo‘qondagi "Markaziy" stadionda nima gaplar?
Kelayotgan futbol mavsumiga “Qo‘qon-1912” jamoasi har tomonlama jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda, deya "Qo‘qon-1912" klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida futbolchilar, mehmonlar va muxlislar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamdagi rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda. Stadiondagi futbolchilar kiyinish xonalari, hakamlar va nazoratchilar xonalari , VIP lojasi va albatta muxlislarga mo‘ljallangan sektorlar butunlay yangicha ko‘rinish oladi. Stadion projektorlari yangi va zamonaviylariga almashtiriladi. Ovoz kuchaytirgichlar yana qo‘shiladi.


Fikrlar