
Qudratillo Abduqahharov sobiq jahon chempioniga qarshi ringga chiqishi mumkin
O‘zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahharov (#4 IBF) va ikki vazn toifasining sobiq jahon chempioni amerikalik Jessi Vargasga (#3 IBF) yarim o‘rta vazn toifasida IBF reytingi birinchi o‘rni uchun saralash jang o‘tkazish taklifi yuborildi.
Tashkilot qoidalariga ko‘ra, reytingning birinchi raqamli bokschisi avtomatik tarzda Errol Spens egalik qilib turgan IBF kamariga asosiy da’vogar bo‘ladi.
25 yoshli Abduqahharov Malayziya promouterlik kompaniyasi nomi ostida ringga chiqadi va professional ringda mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda. 15 jang - 15 g‘alaba (9 nokuat). Bokschi shuningdek, saralash jangida ishtirok etishga rozilik bergan.
So‘nggi ikkita jangida ham durang qayd 29 yoshli Vargas esa hozircha bunga javob berganicha yo‘q. Bu bokschi shu vaqtga qadar 32 ta jang o‘tkazib, 28 g‘alaba, 2 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar