Rabo "Barselona"ga o‘tishni istamayapti
Frantsiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Adrian Rabo "Barselona"ga o‘tmaydigan bo‘ldi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli frantsuz futbolchisi Kataloniya super klubiga o‘tishni xohlamayapti. Ta’kidlash kerakki, unga shuningdek "Manchester Siti" va "Yuventus" kabi jamoalardan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Raboning PSJ bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar