
Rabo PSJning navbatdagi taklifini rad etdi
PSJ klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo parijliklarning shartnomani uzaytirish borasidagi navbatdagi taklifini rad etdi. Ta’kidlash kerakki, uning shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Frantsiya chempioni 23 yoshli futbolchiga yiliga 8 mln evro maosh taklif qilmoqda. Ammo, Rabo o‘zini boshqa chempionatda sinab ko‘rmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda Raboni ayni damda "Yuventus" va "Milan" klublari jiddiy kuzatib borishmoqda. A Seriya grandlari uni qishki transferlar davridayoq sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi.
Fikrlar