Rabo faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirmoqchi
PSJ klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Metro nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 23 yoshli frantsiyalik futbolchi kelgusi yoz, ya’ni parijliklar bilan shartnomasi yakuniga etgach aynan “shaharliklar” safiga borib qo‘shilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Raboga shuningdek “Yuventus” va “Barselona” kabi jamoalardan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
Fikrlar