
Rabo shu haftada "Barselona" a’zosiga aylanishi mumkin
Kataloniyaning “Barselona” klubi PSJ yarim himoyachisi Adrian Raboning transferi bo‘yicha rasmiy taklif tayyorlamoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “ko‘k-anor ranglilar” joriy haftada 23 yoshli frantsuz uchun parijliklarga 50 mln evro taklif qilishadi. “Barselona”dagilarning fikricha futbolchining “Kamp Nou”ga ketish istagini inobatga olgan PSJ ushbu taklifni qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Rabo uchun shuningdek “Bavariya” hamda “Chelsi” klublari ham kurash olib borayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar