Ramos: Klopp xotirjam bo‘lsa, uni eng yaxshi murabbiy deyishga tayyorman

  • 14 avgust, 2018, 21:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qirollik klubi" sardori EChL finalida "Liverpul"ga qarshi kechgan bellashuvda "qizillar" etakchisi Muhammad Saloh bilan yakkakurashda unga jarohat etkazgan va misrlik futbolchi o‘yinni davom ettira olmagan edi.

Tecno

Germaniyalik mutaxassis esa futbol maydonida bunday xodisalar ro‘y bermasligi kerakligini va futbolchilar bir-birlariga jarohat etkazmasliklari kerakligini ta’kidlagan edi.

"O‘ylashimcha, har bir inson o‘z shaxsiy fikrini bildirishi mumkin, ammo men yana bir bor takrorlayman - men hech kimga jarohat etkazishni istamayman. Bu ikkala jamoa uchun ham birinchi final emas edik va shu bois bu voqelik haqida unutish kerak deb o‘ylayman. Klopp xotirjamroq bo‘lsa, men uni dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb atashta tayyorman", - dedi Ramos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!