Rasman! "Barselona" Malkomni o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 24.07.2018 22:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Bordo" klubi yarim himoyachisi Malkom endi faoliyatini "Barselona" safida davom ettiradi.

Tecno

Kataloniyaliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli braziliyalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan. Uning transferi uchun esa “Barsa” frantsuz klubiga 41 million evro to‘lagan.

Eslatib o‘tish lozimki, Malkomning transferi borasida bundan avvalroq “Roma” kelishuvga erishgan edi. Biroq, yakunda kataloniyaliklar rimliklarni dog‘da qoldirib ketishdi.

Ma’lumot uchun, Malkom “Bordo” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U ushbu vaqt mobaynida jami 96ta o‘yinda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 23ta gol kiritishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!