Rasman! “Bunyodkor” Filip Rayevats bilan shartnoma imzoladi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z tarkibiga yangi futbolchi qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, ortda qolgan mavsumni “Qo‘qon-1912” klubida o‘tkazgan serbiyalik hujumchi Filip Raevats keyingi faoliyatini Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bilan bog‘ladi.
Raevats kuni kecha tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Shundan so‘ng, “Bunyodkor” FK va Filip Raevats o‘rtasida shartnoma imzolandi.

Fikrlar