
Rasman! Ibragimovich yana bir yil AQShda qoladi
37 yoshli forvard kaliforniyaliklar safida 2019 yil so‘nggiga qadar to‘p suradi.
"Biz Zlatan bilan yangi shartnoma imzolaganimizdan xursandmiz. U o‘tgan mavsum jamoa uchun qay darajada kerakli ekanligini isbotladi. Biz esa uning o‘yinlarini kelgusi mavsumga qadar intizorlik bilan kutib qolamiz. Zlatan bilan jamoa o‘yinlarini yaxshilashga harakat qilamiz", - dedi "Los-Andjeles Gelaksi" bosh direktori Dennis te Klose.
Eslatib o‘tamiz, Zlatan 2018 yilning mart oyida "Manchester Yunayted"dan "Los-Anjeles Gelaksi" safiga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda shvetsiyalik hujumchi MLSda 27 uchrashuv o‘tkazdi va 22 ta gol kiritib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar