Rasman! Nagaev va Qutiboev yangi mavsumni "Buxoro"da o‘tkazadi

  • 19 fevral, 2019, 09:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov maxalliy yoshlar bilan bir qatorda ayrim chiziqlarga tajribali futbolchilarni ham jalb etmoqda.

Tecno

Xususan o‘tgan mavsum “Buxoro” sharafini himoya qilgan Salamat Qutiboev joriy yil ham jamoadagi faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, unga Superliganing bir nechta klublaridan chaqiruv bo‘lishiga qaramay, Quttiboev “Buxoro”da qolishga qaror qilgan va shu tariqa klub bilan tuzgan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi.

Shuningdek murabbiylar shtabi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Ivan Nagaevni jamoaga qaytarishga qaror qilishgan. Ushbu tezkor hujumchi 2017 yilgi mavsumda "Buxoro" safida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib,10 ta gol urishga muvaffak bo‘lgan va mahalliy muxlislarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgandi. Shu bois Nagaev yana sobiq jamoasiga qaytarildi.

Yaqinda jaroxatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan futbolchi “Buxoro”ning umumiy guruhi bilan mashg‘ulotlarga kirishdi. Aytish kerakki, Ivan Nagaev ham “Buxoro” jamoasi bilan rasman shartnoma imzoladi. 

Bu bilan buxoroliklar selektsiya ishlarini hozircha yakunlangani yo‘q. Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov hozirda yana ayrim futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!