Rasman! "Napoli" afsonasi jamoadan ketdi

  • 14 fevral, 2019, 10:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" sardori Marek Xamshik Xitoyning "Dalyan Ifan" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda neapolliklar huqushunosi Mattia Grassani xabar berdi.

“Xamshik “Dalyan Ifan” futbolchisiga aylandi”, - deydi Grassani Radio Kiss Kiss’ga bergan intervyusida.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 31 yoshli slovakiyalik futbolchining transferi xitoyliklarga 18 mln evroga tushgan. Ammo, ushbu mablag‘ kelajakdagi bonuslar hisobiga yana 2 mln evroga oshishi mumkin. Xamshikning o‘zi esa yangi jamoasida yiliga 9 mln evro maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, Xamshik “Napoli” tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish bilan birga jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi hamdir. U 2007 yildan buyon neapolliklar sharafini himoya qilib kelayotgan edi. O‘tgan davr mobaynida Xamshik jami 520ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 121ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!