Rasman! Nasri turk klubiga o‘tdi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Samir Nasri faoliyatini Turkiyaning “Antalyaspor” klubida davom ettiradi.
Bu haqda “shaharliklar” rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ilgariroq, turk klubi 30 yoshli futbolchiga 2 yillik shartnoma va haftasiga 70 ming funt miqdoridagi maosh taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, frantsiyalik futbolchi “Manchester Siti” safida 176 ta bahsda maydonga tushib, 27 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan va jamoasi bilan ikki bor Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar