Ravshan Ermatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • 02.03.2019 13:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani haqida avval xabar berib o‘tgandik.
 
Bugun O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti tomonidan O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda taniqli hakam, FIFA referisi Ravshan Ermatov, uning yordamchisi Abduhamidullo Rasulov, O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov, O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltaboev hamda universitet talabalari ishtirok etishdi.  Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida Ravshan Ermatov hakamlik kasbining o‘ziga xos tomonlari haqida gapirib berdi. Hakamlik bilan shug‘ullanishni istagan talabalar qaysi jihatlarga e’tibor qaratishlari zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, talabalar orasida hakamlik uchun nomzodlarni tanlab olishda e’tibor qaratiladigan mezonlar haqida tushuntirish berib o‘tildi.  

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan Ravshan Ermatovga murojaat qilishdi va tegishli javoblar olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!