Ravshan Ermatov va Aziz Asimov OChLdan o‘rin olgan uchrashuvlarga tayinlanishdi

  • 27.02.2019 17:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Hamyurtlarimiz FIFA referisi Ravshan Ermatov va Aziz Asimov Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarni boshqarib borishadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Ravshan Ermatov 5 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Qatarning "Al Duhayl" va Eronning "Istiqlol" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga tayinlangan. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi.

Aziz Asimov esa 6 mart kuni Janubiy Koreyaning "Chonbuk Xyunday Motors" va Xitoyning "Beytsin Goan" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda ishlaydi. Unga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonov ko‘maklashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!