Ravshanbek Umurzoqovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 15 yanvar, 2019, 20:50
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyada professional boks faoliyatini yuritayotgan Ravshanbek Umurzoqov o‘zining navbatdagi jangini joriy yilning 22 fevral kuni Ekaterinburg shahrida o‘tkazadi.

Tecno

Mazkur jangda unga filippinlik bokschi Rimar Metuda raqiblik qiladi. Bu bokschi professional ringda 17 ta jang o‘tkazib, 12 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.

Bu bokschilar o‘rtasidagi qarama-qarshilik 8 raund etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Ravshanbek so‘nggi marta o‘tgan yili noyabr oyida ringga chiqqan bo‘lib, raqibini nokautga uchratdi. Uning hisobida 6 jangda 6 g‘alaba mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Yahyobek
16/01/2019 06:18
Омад