"Real" Marseloning narxini e’lon qildi

  • 25.02.2019 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi rahbariyati yozda jamoaning asosiy himoyachisi Marseloni  sotib yuborishga tayyor. Bu haqda TeleMadrid xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “qirollik klubi” 30 yoshli braziliyalik futbolchining transferini 70 mln evroga baholamoqda. Uni sotib olish uchun asosiy da’vogar esa “Yuventus” hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Marselo joriy mavsum “Real” safida jami 24ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!