"Real" Neymar uchun PSJga qancha to‘lamoqchi?

  • 14.03.2018 16:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi forvardi Neymar hamon “Real”ning yozgi transferlar davridagi asosiy maqsadi bo‘lib turibdi.

Marca nashrining yozishicha “qirollik klubi” rahbariyati 26 yoshli braziliyalik futbolchi uchun parijliklarga qancha pul taklif qilishni rejalashtirib oldi. Unga ko‘ra “Real” Neymar uchun PSJga 300 mln evro to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Neymar PSJga o‘tgan yilning yozida “Barselona”dan 222 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum Parij klubi safida jami 30ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 29ta gol hamda 19ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!