"Real" bosh murabbiyligiga yana bir kutilmagan nomzod paydo bo‘ldi

  • 18 oktabr, 2018, 22:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Madridning “Real” klubi rahbariyati iste’foga chiqishga juda yaqin turgan bosh murabbiy Xulen Lopetegining o‘rniga yana bir munosib nomzod topib qo‘ydi.

Fichajes.com sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” ushbu lavozimga Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesning nomzodini ham ko‘rib chiqishmoqda. “Real” rahbariyatini 45 yoshli mutaxassisning belgiyaliklar bilan erishgan muvaffaqiyatlari qiziqtirib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, Roberto Martines faoliyati davomida shuningdek "Suonsi", "Uigan" va "Everton" kabi klublarni ham boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Real" ushbu lavozimga italiyalik Antonio Konte bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!