
"Real" himoyachisini ijaraga beradi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Teo Ernandes yangi mavsumni "Real Sosedad" tarkibida o‘tkazadi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra san-sebastyanliklar 21 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqisiz 1 yilga ijaraga olishadi. Shu bois “qirollik klubi” futbolchi maoshining bir qismini o‘zi to‘laydi.
Teo Ernandesning "Real Sosedad"ga ketishi haqida esa jamoa AQShdan qaytib kelgach rasman e’lon qilinadi.
Fikrlar