"Real" o‘zining sobiq hujumchisini ortga qaytarmoqchi

  • 06.08.2018 17:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi ayni damda "Lion" safida to‘p surayotgan sobiq hujumchisi Mariano Diasni yana jamoaga qaytarmoqchi.

Football Espana nashri  tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 25 yoshli dominikanlik futbolchi jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytira olishiga ishonmoqda.

Ma’lumot uchun, Dias “Real” safida 2012-2017 yillarda to‘p surgan. U o‘tgan mavsum “Lion” tarkibida jami 45ta o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 21ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!