"Real" qishda Azarni sotib oladi
Madridning “Real” klubi qishki transferlar chog‘ida “Chelsi” etakchisi Eden Azarni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Unga ko‘ra “qirollik klubi” 27 yoshli belgiyalik futbolchining “aristokratlar” bilan shartnomani uzaytirmaganidan foydalanib, uni sotib olmoqchi.
Bundan tashqari Azarning o‘zi ham “Real”ning Chempionlar ligasida ishtirok etayotganidan kelib chiqib ushbu taklifga rozilik bildirishi kutilmoqda. Ta’kidlash lozimki, bundan avvalroq Azar bolaligidan “Real”da o‘ynashni orzu qilishi haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar