“Real” ustozi Ronalduni qaydnomaga kiritmadi

CHERY AUTO

 

Tecno

Madridning “Real” jamoasi Ispaniya chempionati 36-turida “Granada” mehmoni bo‘ladi.

Madridliklar ustozi Zinedin Zidan mazkur o‘yin qadnomasini e’lon qildi. E’tiborlisi, unda Krishtianu Ronaldu yo‘q.

Katta ehtimol bilan frantsiyalik mutaxassis portugaliyalik 32 yoshli futbolchini “Atletiko”ga qarshi EChL yarim final javob o‘yiniga asramoqda. Quyida “Real”ning “Granada”ga qarshi qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Kiko Kasilya, Ruben Yanez;

Himoyachilar: Serxio Ramos, Nacho, Marselo, Koentrao, Danilo;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Xames Rodriges, Kasemiro, Matteo Kovachich, Luka Modrich, Marko Asensio, Isko;

Hujumchilar: Karim Benzema, Lukas Vaskes, Mariano Dias, Alvaro Morata. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!