
"Real"ning "Levante"ga qarshi o‘yin qaydnomasi e’lon qilindi
“Real” Madrid klubi bosh murabbiyi Santyago Solari bugun La Liganing 25-turi doirasida safarda “Levante”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi.
Tarkibga Braim Dias qaytgan bo‘lsa, Isko va Markos Lorente jarohati tufayli, Serxio Ramos diskvalifikatsiya sabab, Alvaro Odriosola esa texnik sabablarga ko‘ra bugungi o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.
Bugungi o‘yinda quyidagi futbolchilar ishtirok etishlari mumkin:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Keylor Navas, Lyuka Zidan.
Himoyachilar: Nacho Fernandes, Marselo, Dani Karvaxal, Serxio Regilon, Rafael Varan, Xesus Valexo.
Yarim himoyachilar: Kazemiro, Toni Kroos, Luka Modrich, Marko Asensio, Dani Sebalos, Braim Dias, Federiko Valverde.
Hujumchilar: Mariano Dias, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Vinisius Junior.
Eslatib o‘tamiz, “Levante” – “Real” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.
Fikrlar