"Real"ning yana bir etakchisi jamoadan ketmoqchi
“Real”ning yana bir etakchi futbolchisi jamoadan ketish haqida o‘ylay boshladi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Toni Kroos ham "Santyago Bernabeu"dan ketishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlash kerakki, 28 yoshli germaniyalik futbolchiga "Manchester Siti" klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda aynan Angliya chempionining taklifi Kroosni qiziqtirib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, Kroos joriy mavsum “qirollik klubi” safida jami 7ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar