"River Pleyt" - "Boka Xuniors" o‘yini Argentinada o‘tmasligi ham mumkin

  • 27 noyabr, 2018, 21:29
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bu haqda AP News xabar bermoqda. Agentlik tarqatgan xabarga ko‘ra, o‘yin 8 yoki 9 dekabr sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Bellashuv o‘tkaziladigan manzil ochiqlab o‘tilmagan.

Paragvay, Braziliya va Italiya mazkur finalni o‘zlarida qabul qilishga tayyor ekanliklarini KONMEBOLga ma’lum qilishgan. Tashkilot ikki hafta ichiqda "Boka Xuniors"ning jarohat olgan futbolchilari safga qayta oladi deb hisoblamoqda.

Aslida mazkur uchrashuv 25 noyabr sanasida "River Pleyt"ning  uy stadioni - "Munisipial"da bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo raqib jamoa - "Boka Xuniors" avtobusi stadionga yo‘l olgan vaqtda mezbon jamoa muxlislari transport vositasiga hujum uyushtirishgan va natijada "Boka"ning bir nechta futbolchisi tan jarohati olishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!