Robben safga qaytdi

  • 23.11.2018 17:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Aren Robben tizzasidan olgan jarohatidan sog‘ayib safga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 34 yoshli gollandiyalik futbolchi umumiy guruhda shug‘ullanmoqda va u Bundesliganing navbatdagi turida “Fortuna”ga qarshi bahsda maydonga tusha oladi.

Ma’lumot uchun, Robben joriy mavsum hozircha “Bavariya” safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" - "Fortuna Dyusseldorf" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 19:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!