
Roberto Manchini: Bu o‘yinda Italiya Portugaliyadan bir bosh ustun edi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini kecha UEFA Millatlar ligasi doirasida Portugaliyaga (0:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Futbolda gol urish juda katta ahamiyat kasb etadi. Biz bugun Portugaliyadan bir bosh ustun edik. Biroq, 70-daqiqadan so‘ng tempni tushurib yubordik. Polshaga qarshi bo‘lgan o‘yin bilan solishtirganda biz o‘sishga erishdik. Qolaversa, portugaliyaliklar polyaklardan kuchliroq. Biz natija uchun o‘ynadik va shu sababli bugun yoshlarga imkon bermadim”, - deydi tajribali mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, kechagi durangdan so‘ng Italiya terma jamoasi guruh peshqadamligiga qo‘shib Millatlar ligasi final bosqichi mezbonligini ham Portugaliyaga boy berdi.
Fikrlar