“Roma” 34 yillik tanaffusdan so‘ng yana yarim finalga chiqdi
Xabaringiz bor “Roma” kecha Rimda “Barselona”ni (3:0) sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi va Chempionlar ligasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, “bo‘rilar” 34 yillik tanaffusdan so‘ng yana ushbu musobaqaning yarim finaliga qadar etib kelishdi. Aniqrog‘i, “Roma” shu kunga qadar o‘z tarixida birinchi va oxirgi marta 1983/84 yilgi mavsumda Chempionlar kubogida yarim finalga qadar etib borgan edi.
O‘shanda "Dandi Yunayted"ni (0:2 i 3:0) ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratgan “Roma” finalda penaltilar seriyasida “Liverpul”ga imkoniyatni boy bergan.
Aytish kerakki, ushbu jamoalar yana finalda duch kelishlari mumkin. Boisi, “Liverpul” ham kecha “Siti” ustidan g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar