
“Roma” Angliyaga ketayotgan Salahga o‘rinbosar topdi
“Roma” jamoasi Belgiyaning “Bryugge” klubidan hujumchi Xose Iskerdoni xarid qilmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri ma’lum qildi.
Rimliklar 24 yoshli futbolchini “Liverpul”ga o‘tib ketayotgan Muhammad Salahga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Mersisaydliklar misrlik futbolchi uchun 40 million evro berishga tayyor.
Qayd etish kerakki, Xose Iskerdo yakuniga etgan mavsumda Belgiya chempionatida 28 o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar