
“Roma” JCh-2018 finalchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Xorvatiya terma jamoasi va “Beshiktosh” klubi himoyachisi Domagay Vida o‘z faoliyatini “Roma”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, rimliklar xorvatiyalik futbolchi orqali himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Shuningdek, Vidaga “Inter” va “Fulxem” ham qiziqib qolgan. Biroq angliyaliklar uchun himoyachining transferi biroz qimmatlik qilmoqda .
Joriy mavsumda Vida Turkiya Superligasining 16 uchrashuvida maydonga tushdi. Avvalroq uning xizmatlariga “Everton”, “Vest Xem” va “Liverpul” qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Domogay Vida Xorvatiya terma jamoasi safida JCh–2018 turnirining kumush medal sovrindoriga aylangan edi.
Fikrlar