"Roma" qariyb 90 yil davom etgan rekordni yangiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 

"A" seriyada ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan "Roma" Italiya chempionatining navbatdagi turida "Fiorentina"ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va o‘z uyidagi g‘alabalar seriyasini 14 taga etkazib, yangi rekordga ega bo‘ldi.

"Roma"ning 13 ta o‘yindan iborat g‘alabali seriyasi 1930 yilda o‘rnatilgan edi.

Rimliklarning bu galgi seriyasi 2016 yilning aprelida boshlangandi. "Roma" shu paytgacha milliy chempionat o‘yinlarida "Torino", "Napoli", "Udineze", "Sampdoriyu", "Krotone", "Inter", "Palermo", "Bolonya", "Peskara", "Milan", "Kalyari", "Fiorentina", va ikki marta "Kevo" jamoasini qabul qilib, shu bellashuvlarda zafar quchdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!