"Roma" va "Latsio" 19 yilda ilk bor bir mavsumda evrokuboklar chorak finaliga chiqishdi
Avval xabar berganimizdek kecha UEFA Evropa ligasining 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan shu kuni Rimning “Ltsio” klubi “Dinamo” Kievni 2:0 hisobida taslim etib, musobaqaning chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash lozimki, bundan avvalroq Rimning boshqa bir klubi “Roma” Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l olgan edi.
E’tiborlisi, 1998/99 yilgi mavsumdan buyon ilk bor Rim shahrining ushub ikki jamoasi evrokuboklar chorak finalida o‘ynaydigan bo‘lishdi.

Fikrlar