“Roma”ga Tayson kerak

  • 03.08.2018 09:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rimning “Roma” klubi “Shaxtyor”ning braziliyalik yarim himoyachisi Taysonga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Roma Press nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “bo‘rilar” 30 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi va buning evaziga “konchilar”ga 25 mln evro to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Tayson o‘tgan mavsum “Shaxtyor” safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!