Ronaldu: MYu g‘alaba uchun hech narsa qilmadi, biz buni ularga sovg‘a qildik

  • 8 noyabr, 2018, 12:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu kecha "Manchester Yunayted"dan (1:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Chempionlar ligasining o‘ziga hos xususiyatlaridan biri shuki, siz bu erda bir zum ham xotirjamlikka berila olmaysiz. Xotirjamlikka yo‘l qo‘yganimiz esa “Manchester Yunayted”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Ular g‘alaba uchun hech narsa qilishmadi, biz ularni buni sovg‘a qildik. Lekin, biz bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdik va hamon guruhda peshqadamlik qilyapmiz”, - deydi portugaliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” ayni damda 9 ochko to‘plagan holda “H” guruhida etakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda esa “Manchester Yunayted” (7), “Valensiya” (5) hamda “Yang Boyz” (1) klublari borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!