Ronaldu "Yuventus"da ilk mashg‘ulotlarga kirishdi (video)
"Yuventus" klubi yangi a’zosi Krishtianu Ronaldu JCh-2018 turniridani keyingi ta’tildan qaytdi. 33 yoshli portugaliyalik futbolchyai "Yuventus"ga kelgan va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha nazorat testlarini topshirgan.
Shundan so‘ng murabbiylar yaqin vaqt ichida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar rejasi bilan futbolchilarni tanishtirdi.
Ronaldu futbolchilar bilan bitta zalda mashg‘ulot o‘tkazgan. Bunda JCh pley-offida birga qatnashgan o‘yinchilar ham bor. Qolganlari keyinroq jamoaga qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu ushbu yozda "Yuventus" "Real"ga o‘tgan edi. Uning transferi 112 million evroga baholangan. Portugaliyalik futbolchi 4 yillik shartnoma imzolagan va Italiyadagi yillik maoshi 31 mln evroni tashkil qiladi.

Fikrlar