Ronaldu "Yuventus"ga yangi darvozabon sotib olishni maslahat bermoqda
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu jamoa rahbariyatini yangi transferlarga undashda davom etmoqda.
Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda 33 yoshli portugaliyalik futbolchi “keksa sinora”ga Tibo Kurtua kelgach asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan “Real” darvozaboni Keylor Navasni sotib olishni maslahat bermoqda.
Qayd etish lozimki, “qirollik klubi”ning ketma-ket 3 mavsum Chempionlar ligasida zafar quchishida ushbu darvozabonning ham mehnatlari beqiyos bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, kosta-rikalik posbon joriy mavsum “Real” safida jami 7ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 3tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar