Ronaldu "Yuventus"ning yaqin 3 ta o‘yinidan birini o‘tkazib yuboradi

  • 14 dekabr, 2018, 22:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri “Torino”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Turin derbisi oldidan Krishtianu Ronalduga yaqin oradagi o‘yinlardan birida dam berishini aytdi.

“Ronaldu bizning bo‘lajak 3ta o‘yinimizdan birini, aniqrog‘i “Roma”, “Atalanta” yoki “Sampdoriya”ga qarshi bahslardan birini o‘tkazib yuboradi. Men bu haqda unga aytdim”, - deydi Allegri.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli portugaliyalik futbolchi joriy mavsum “Yuventus” safida A Seriyaning barcha 15ta turida maydonga tushgan yagona futbolchi bo‘lib turibdi. Qayd etish lozimki, Ronaldu ushbu uchrashuvlarning 14tasida maydonda to‘liq harakat qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!