“Ronaldu effekti” yohud Iguain-Bonuchchi rokirovkasi

  • 1 avgust, 2018, 17:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik superyulduzning “Yuventus”ga kelib qo‘shilishi “Milan” klubi muxlislari tomonidan biznes nuqtayi nazaridan maqtalgan bo‘lsa, turinlik muxlislarning havotirlari sekin asta bo‘y ko‘rsata boshlaganidan yanada tushkunlikka tushayotgan bo‘lsa ajab emas.

Tecno

Ronaldu kelishi ortidan jamoa etakchisi Gonsalo Iguainning ketishi borasidagi xabarlar “bolalagan” edi. Bu holat o‘zini ko‘p kuttirmadi. Iguaing “Milan”ga ko‘chib o‘tdi va bu shartnomaning bir qismi sifatida “Yuventus” sobiq himoyachisi Leonardo Bonuchchini ortga qaytardi. Shuningdek, Iguain bilan birga Mattiya Kaldara ham “Milan”ga yo‘l oldi.

Bu haqiqiy biznes bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Rossonerilar”ning xitoylik xo‘jayini Li Yongxong klubdagi moliyaviy muammolarni bartaraf qila olmagach, klub boshqaruvi endi Elliot Management Corporation qo‘liga o‘tdi.

Milanliklar uchun bu ayirboshlash ajoyib bo‘ldi. Endi Romanoliga sherik sifatida Italiyaning eng yaxshi yosh himoyachilaridan biri Kaldara harakat qiladi.

Leonardoning sobiq klubiga qaytish istagi Iguainni ham mushkulliklardan qutqarib qoldi. Faqatgina hujumchining istagi uning yangi jamoasida qanchalik shuhratga erishishiga olib kelishi mumkin.

Krishtianu Ronaldu ham o‘z navbatida bunday ayirboshlashning amalga oshirilishiga majburiy sabablardan biri. Portugaliyalik superyulduz Turin klubiga soliqlar va maoshlar bilan birga – naq 340 million evroga tushdi. Bu albatta klub o‘z byudjetini qayta taqsimlab, hisoblab chiqishga majburladi.

“Keksa sinora”ning Ronaldudan oldingi eng qimmat transferi Iguainni klubni tark etishi nafaqat moliyaviy engillik bag‘ishlaydi, qolaversa besh karra “Oltin to‘p” egasining bejanjal markaziy hujumda hukmronlik qilishiga sharoit yaratadi.

Sport va moliyaviy nuqtai nazaridan jahonning eng kuchli hujumchisini 18 million evroga ijaraga olish va uni keyingi mavsumda 36 million evro to‘lab sotib olinishi “Milan”ning yangi rahbariyatining dastlabki yutug‘i, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu 30 yoshli hujumchining muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini ham kafolatlaydi.

Boisi “Milan”ning hujum chizig‘i vakillari- Andre Silva va Nikola Kalinichlar A Seriyada o‘tgan mavsumda qiyinchilikka duch kelishdi.  Bu transfer ikkala tomon uchun ham “g‘alaba – g‘alaba” formulasiga monand keladi.

Shunga qaramay, “Yuve”ning Kaldarani qo‘yib yuborishi Bonuchchining ortga qaytarilishi jumboq. Xato qilmaslik kerak, bu Beppe Marotta tomonidan tashlangan ancha xavfli qadam bo‘ldi. Bu uning transfer bozoridagi uddaburonligi obro‘sini tushirib yubormasa bo‘lgani.

24 yoshli Kaldara endigina A Seriya chempioni safiga kelib qo‘shilgandi. 2017-yil yanvarida u “Atalanta”dan 16 million evro evaziga “Yuventus”ga ko‘chib o‘tdi. Biroq uning rivojlanishini istagan “keksa sinora” uni 18 oyga “Bergamo”ga ijaraga berib yubordi.

O‘tgan mavsumda A Seriyada Bonuchchidan 11 o‘yin kam o‘tkazganiga qaramay, Kaldaraning ko‘rsatkichlari “Milan”ni himoya qilgan Bonuchchinikidan ancha yaxshi.

Himoya chizig‘i vakillarining yoshi o‘tib borayotganiga qaramay, “Yuve” 24 yoshli Ruganini ham “Chelsi”ga qo‘yib yubordi.

Ko‘rinib turibdiki, turinliklar yangi mavsumda nima qilib bo‘lmasin Chempionlar Ligasi bosh sovrinini yutish niyatida. Albatta Ronaldu sakkizinchi marta A Seriyani yutishga yordam berishi olib kelingani yo‘q.

Ronalduning o‘zi ham futbol tarixida Chempionlar Ligasini uchta klubda yutgan ikkinchi futbolchiga aylanish dardida.

Ronaldu va “Yuve” buni faqat hujumchining atrofida ishonchli, tajribali futbolchilarni to‘plash evaziga amalga oshirilishi mumkinligini tushunib turibdi.

Shuning uchun Bonuchchining yoshiga qaramay ortga qaytarildi. Shuning uchun uning o‘zi ham ortga qaytishni istadi. Ular ajralganiga bir yil to‘lmay birgalikda yanada kuchli ekanliklarini tushunib etishdi.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!