
Ronaldu ham bugun "Real"ga yordam bera olmaydi
Avval xabar berganimizdek Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich va darvozaboni Keylor Navas bugun bo‘lib o‘tadigan “Levante”ga qarshi bahsda ishtirok etishmaydi.
“Qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan yaqindagina terma jamoalari tarkibida muhim o‘yinlarda ishtirok etib qaytgan xorvatiyalik va kosta-rikalik futbolchilarga dam berishga qaror qilgan.
Shuningdek ushbu bahsda jamoaning portugaliyalik etakchisi Krishtianu Ronaldu ham ishtirok eta olmaydi. Boisi, uning diskvalifikatsiyasi hali tugamadi.
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00da start oladigan uchrashuvga Zidan quyidagi futbolchilarni qaydnomaga kiritdi:
Darvozabonlar: Kasilya, Luka
Himoyachilar: Karvaxal, Valexo, Ramos, Nacho, Marselo, Teo
Yarim himoyachilar: Kroos, Kasemiro, Lorente, Asensio, Isko, Kovachich, Sebalos
Hujumchilar: Benzema, Beyl, Lukas Vaskes
Fikrlar