Ronaldu yana bir noyob natijani qayd etdi
Xabaringiz bor kecha Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu JCh-2018ning ilk Ispaniyaga qarshi bahsida xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jahon chempionatlari tarixida shu kunga qadar hech bir futbolchi Ispaniya terma jamoasi darvozasiga bir o‘yinda 3ta gol urishni uddalay olmagan. Ronaldu esa bu borada birinchi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli portugaliyalik futbolchi kechagi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Fikrlar