Ronalduni "Real"dan olib ketgan Jorje Mendesh madridliklarga boshqa bir mijozini taklif qilmoqda
Portugaliyalik mashhur agent Jorje Mendesh o‘z mijozlaridan birini "Real"ga taklif qilmoqda.
Football Espana nashrining xabar berishicha Mendesh “qirollik klubi”ga "Portu" yarim himoyachisi Aleks Telles bilan hamkorlik qilishni taklif qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra “Real” ustozi Xulen Lopetegi 25 yoshli futbolchini sotib olishga rozilik bildirgan.
Ma’lumot uchun, Telles o‘tgan mavsum “Portu” safida jami 45ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 20ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Jorje Mendesh "Real"ning sobiq yulduzi Krishtianu Ronalduning agenti hisoblanadi.



Fikrlar