
Rossiya terma jamoasida braziliyalik futbolchilar soni yana bittaga ko‘paydi
"Krasnodar" klubi forvardi Ariklenes da Silva Ferreyra (Ari) Rossiya terma jamoasidan chaqiruv oldi va bugun terma jamoa qarorgohiga etib keldi. Bu haqda Rossiya terma jamoasi rasmiy tvitteri xabar bermoqda.
E’tiborlisi, Ari hamyurtlari Marinato Gilerme va Mario Fernandeslardan so‘ng Rossiya terma jamoasida o‘ynagan uchinchi braziliyalik futbolchi bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Ari Rossiyada 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U ushbu vaqt mobaynida “Krasnodar”dan tashqari shuningdek Moskvaning “Spartak” hamda “Lokomotiv” klublarida ham to‘p surgan.
Fikrlar