
Rossiyaning ishongan figurachisi 3 marta yiqildi
Milan shahrida davom etayotgan figurachi uchish bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kunida ayollar o‘rtasida medallar taqsimoti bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan erkin dastur bo‘yicha bahslarda kanadalik Keytlin Osmond eng yuqori ball jamg‘arib, chempionlikni rasmiylashtirdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Yaponiya terma jamoasi a’zolari Vakaba Xiguchi hamda Satoko Miyaxaraga nasib etdi. Qisqa dasturdan so‘ng peshqadalik qilgan mezbonlar etakchisi Karolin Kostner bu gal to‘rtinchi pog‘onada qolib ketdi. E’tiborlisi, Pxyonchxan Olimpiadasi chempioni rossiyalik Alina Zagitova erkin dasturni bajarish vaqtida 3 marta yiqilib tushdi. Bu esa uning ballariga katta saylbiy ta’sir o‘tkazdi. Zagitova musobaqani beshinchi pog‘onada yakunladi.
Figurali uchish, JCh. Milan, Italiya
Ayollar
1. Keytlin Osmond (Kanada) – 223,23
2. Vakaba Xiguchi (Yaponiya) – 210,90
3. Satoko Miyaxara (Yaponiya) – 210,08
4. Karolina Kostner (Italiya) – 208,88
5. Alina Zagitova (Rossiya) – 207,72
Fikrlar