
"Rostov" o‘z maydonida "Enisey"ni tor-mor keltirdi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi (video)
Avval xabar berganimizdek kecha Rossiya premer-ligasida navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, shu kuni hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Rostov” o‘z maydonida “Enisey”ni qabul qildi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, o‘zbekistonlik futbolchi garchi uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshlagan bo‘lsada, o‘yinning 77-daqiqasiga kelib maydonga tushirildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar